AQShning sobiq davlat kotibi Kerri Eron bilan yadro masalasini muhokama qilgan
AQShning sobiq davlat kotibi Jon Kerri Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan yadro muammosini hal qilish uchun bir necha marta uchrashgan. Bu haqda «Boston Globe» nashri xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Kerri va Zarif yadro kelishuvini saqlab qolishni muhokama qilishgan, ammo bu masala yuzasidan qandaydir yechimga erishilganiga aniqlik kiritilmagan.
2015-yilning 14-iyul kuni Eron va oltita davlat (AQSh, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya) Eron atom muammosi yuzasidan tarixiy kelishuvga erishgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter