AQShdagi hukumat binosiga Putinning portretini ilib ketishdi (foto)
«AQShning Kolorado shtatida hukumati binosiga noma’lum kishi mamlakatning sobiq prezidentlari portretlari yoniga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning portretini ilib ketdi», — deya xabar beradi «Haber7.com» sayti.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra AQShning sobiq prezidentlari Jorj Bush va Barak Obamaning portreti yonidagi Donald Tramp portreti uchun ajratilgan joyga bir kishi Putinning suratini ilib ketgan.
Buni senator Stiv Fenberg sayrga chiqqanida ko‘rib qolgan.
Devordagi Tramp portreti joyining bo‘sh qolganiga «Kolorado: fuqaro madaniyati»ga 10.000 dollar mablag‘ o‘tkazib berilmagani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Putinning portreti olib tashlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter