AQShda yana otishma: besh kishi qurbon bo‘lgani aytilmoqda
AQShda Kentukki shtatining Luisvill shahri markazida yuz bergan otishmada besh kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, olti kishi yaralandi.
Bu haqda CNN manbalarga asoslangan holda xabar berdi.
Hodisa mahalliy vaqt bilan 08:30 atrofida sodir bo‘lgan. Otishmani uyushtirgan shaxs halok bo‘lgan. Hozircha jabrlanganlarning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berilmagan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, politsiyachi va otishma sodir etgan shaxs o‘rtasida otishma sodir bo‘lgan.
Avvalroq Tennessi shtatidagi Neshvill shahrida o‘smir qiz olti kishini otib o‘ldirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter