Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda 19 yoshli bola bitiruv kechasida talabalarni o‘qqa tutdi. 2 kishi halok bo‘ldi

AQShda 19 yoshli bola bitiruv kechasida talabalarni o‘qqa tutdi. 2 kishi halok bo‘ldi

AQShning Virjiniya shtatida o‘rta maktab bitiruv marosimida 19 yoshli bola talabalarga qarata o‘t ochdi. Natijada ikki kishi halok bo‘lgan va 13 kishi yaralangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Virjiniya shtati markazidagi kinoteatr oldida sodir bo‘lgan. Bitiruv marosimi oxirida qotil o‘z oldidagi qurol bilan atrofdagilarni o‘qqa tuta boshlagan. Yig‘ilganlar vahimaga tushib, turli tomonga qarab qocha boshlagan.

Politsiya otishma oqibatida 2 kishi halok bo‘lganini tasdiqlagan. Ulardan biri 18 yoshli bitiruvchi talaba, ikkinchisi esa bitiruv marosimiga kelgan 34 yoshli erkak bo‘lgan. Otishma oqibatida 13 kishi jarohat olgan. 

Ushbu noxush fojiani 19 yoshli o‘smir amalga oshirganlikda gumon qilinib, qo‘lga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring