AQSh va «Tolibon» o‘zaro kelishuvga erishdi

Qatar poytaxti Doha shahrida AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod va «Tolibon» harakati rahbari o‘rinbosari mulla Abdulla G‘ani Baradar tinchlik shartnomasini imzoladilar.
Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Bu 18 yildan beri davom etayotgan urushdan so‘ng, murosaga kelinganini anglatadi. 2001-yil Nyu-Yorkdagi teraktdan so‘ng, AQSh Afg‘onistonga qo‘shin kiritgan edi.
Reutersning yozishicha, AQSh harakatga nisbatan joriy etgan sanksiyalarini 2020-yil avgustigacha olib tashlamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Dohadagi muzokaralarda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ham ishtirok etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter