AQSh va NATO Afg‘onistondagi qo‘shinlarini olib chiqa boshladi
![AQSh va NATO Afg‘onistondagi qo‘shinlarini olib chiqa boshladi](https://static.xabaruz.com/crop/3/1/720_460_95_3111002993.jpg)
AQSh va NATO Afg‘onistondagi bir qancha bazalardan o‘z qo‘shinlarini olib chiqa boshladi, dedi Kobuldagi konferensiya paytida AQSh va NATO kuchlarining Afg‘onistondagi qo‘mondoni general Skott Miller.
«Biz bir qator bazalardan chiqishni boshladik», — dedi u.
Bundan tashqari, Miller qo‘shinlar «barcha bazalarini afg‘on kuchlariga topshirishini» qo‘shimcha qildi.
AQSh ma’muriyati avvalroq Afg‘onistondagi qo‘shinlarni olib chiqishni 1-maygacha boshlashini va 11-sentyabrga qadar tugatishini e’lon qilgan edi. Qo‘shinni olib chiqish ittifoqchilar va sheriklar bilan to‘liq muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilishi ta’kidlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter