AQSh va Hindiston portlashlar haqida Shri-Lankani ogohlantirishga behuda uringan edi
AQSh va Hindiston razvedkasi Shri-Lanka hukumatini terrorchilik aktlari bo‘lishi haqida ogohlantirishga uringan edi. Bu haqida mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri va bir vaqtning o‘zida hukumat rahbari bo‘lgan Radjita Senaratne xabar berib o‘tdi.
Uning gaplariga qaraganda, 4 aprelda maxsus kuchlar tizimida birinchi ogohlantirish bo‘lgan. Oradan besh kun o‘tib hukumat kuch ishlatar blogiga batafsil ma’lumot yozilgan doklad taqdim etiladi. Unda nafaqat portlashlar, balki ularni qaysi ekstremistik oqim amalga oshirishidan tortib, aniq ism-shariflar yozilgan edi.
Xorij maxsus xizmati bir necha bor Shri-Lankani ogohlantirishga behuda uringan. Oxirgisi 21 aprel, yakshanba kuni, Kolomboda portlashlar boshlanishidan o‘n daqiqa oldin bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Shri-Lankada hammasi bo‘lib 8 ta portlash bo‘lib o‘tdi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda 290 kishi halok bo‘lgan va 450 dan ortiq kishi yaralangan. Halok bo‘lganlar orasida 35 nafar xorij fuqarosi bor.
Ertasi kuni, 22 aprelda Shri-Lanka poytaxti Kolombo shahrida yana bitta portlash bo‘ldi. Cherkovlardan birining to‘xtash joyiga qo‘yilgan mikroavtobusdagi bomba portlatilgan. Shu bilan birga yana 87 ta joyda portlovchi moddalar topilgani xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter