Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh universitetlariga bomba o‘rnatilgani haqida xabar tarqaldi

AQSh universitetlariga bomba o‘rnatilgani haqida xabar tarqaldi

Foto: «Vesti.ru»

AQShning Kolumbiya, Kornel va Braun universitetlari bomba tahdidi haqidagi xabarlar kelib tushganidan so‘ng o‘z kampuslarining bir qismini evakuatsiya qildi. Bu haqda AQSh OAVlariga asoslanib Interfaks ma’lum qilmoqda.

Kolumbiya universiteti bir nechta binolarda o‘rnatilgan bomba tahdidi haqida xabar olgandan so‘ng kampus bo‘ylab favqulodda ogohlantirish e’lon qildi. Columbia Daily Spectator gazetasining xabar berishicha, natijada universitetning ikkita binosi evakuatsiya qilingan.

Keyinchalik ushbu xabar yolg‘onligi aniqlangan.

«Tergov natijalariga ko‘ra, bugungi kunda bomba tahdidlari NYPD tomonidan ishonchsiz deb topildi va kampus binolariga kirish mutlaqo xavfsiz», — deb yozgan Kolumbiya universiteti o‘zining Tvitteridagi sahifasida.

Kornell universiteti Tvitter va o‘z veb-saytida talabalar va kampus xodimlarini evakuatsiya qilishga chaqiruvchi ogohlantirish joylashtirgan.

«Politsiyaning Itaka kampusidagi bomba tahdidi bo‘yicha tekshiruvlari davom etmoqda, binolarni tozalash ishlari olib borilmoqda. Iltimos, markaziy kampus hududiga yaqinlashmang», — deb yozgan universitet tvitteridagi sahifasida.

Braun universiteti ham bomba tahdidi tufayli kampusning bir qismini evakuatsiya qildi.

«Telefonda bomba qo‘yilishi haqidagi tahdidni olganidan so‘ng Braun universitetining Jamoat xavfsizligi departamenti bir nechta binolarni Universitet yaqinidagi Grin kollejiga evakuatsiya qildi. Zobitlar mahalliy huquq-tartibot idoralari bilan faol tekshiruv o‘tkazmoqda», — degan universitet matbuot kotibi Brayan Klark The Hill nashriga bergan intervyusida.

Qayd etilishicha, tahdidlar ortida kim turgani va bu uch harakat muvofiqlashtirilganmi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring