Tramp «Liviya modeli» haqida gapira turib, adashib ketdi
![Tramp «Liviya modeli» haqida gapira turib, adashib ketdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/9/720_460_95_2961285501.jpg)
AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaga tahdid qila turib ommaviy qirg‘in qurollari siyosati masalasida «Liviya modeli»ni chalkashtirib yubordi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Shimoliy Koreyaning ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘q qilishni xuddi 2003 —2004 yillarda Liviyada qo‘llagani kabi kun tartibiga keltirgan edi.
Jurnalistlar «Liviya modeli» haqida so‘rashganida, Tramp Boltonning formulasi o‘rniga Qaddofiyning «Arab bahori» sodir bo‘lgan 2011-yilda hukumatdan to‘ntarilganini bayon qildi.
«Liviya modeli» boshqacha edi. Qaddofiyga seni qo‘riqlaymiz demaganmiz. Liviyani xarob qildik. Iroqda ham shunday yo‘l tutdik», – degan Tramp. Uning bu so‘zlari Boltonning formulasidan bexabar ekanini anglatadi deya talqin qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter