Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Senati Ukraina, Isroil va Tayvanga moliyaviy yordam paketini ma’qulladi

AQSh Senati Ukraina, Isroil va Tayvanga moliyaviy yordam paketini ma’qulladi

AQSh Senati Ukraina, Isroil va Tayvanga 95 milliard dollardan ortiq miqdorda qo‘shimcha moliyaviy yordam ajratishni ma’qulladi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Ushbu mablag‘ning 61 milliardi Ukrainaga yordam berish uchun mo‘ljallangan.

Hujjatni 79 nafar senator qo‘llab-quvvatladi, 18 nafari qarshi ovoz berdi. Endi bu qaror kuchga kirishi uchun AQSh prezidentining imzosi kerak. Jo Bayden hujjatni bugun, 24-aprel kuni imzolashini aytgan.

«Ushbu haftada Ukrainaga qurol jo‘natishni boshlash uchun ish stolimga yetib borishi bilan men ushbu qonunni imzolayman», – degan Bayden.

Qayd etilishicha, shundan so‘ng harbiy yordamning birinchi partiyasi Ukrainaga bir necha kun ichida yetkaziladi.

Mavzuga doir: «Genotsidni moliyalashni to‘xtating!» – Nyu-Yorkda qator namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy senatorlarga qarori uchun minnatdorchilik bildirdi.

«Bu ovoz berish Amerikaning demokratiya mayoqi va erkin dunyo yetakchisi sifatidagi rolini mustahkamlaydi», – deydi Zelenskiy.

Shuningdek, u Baydenning qonun loyihasini imzolashini va navbatdagi harbiy yordam paketini qabul qilishini intiqlik bilan kutayotganini qayd etdi.

«Ukrainaning uzoq masofaga uchuvchi qurollari, artilleriya va havo mudofaasi adolatli dunyoni tezda tiklash uchun juda muhim vositadir», – deb ta’kidladi Ukraina prezidenti.

Tasdiqlangan paket, to‘rtta hujjatni, jumladan, muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanish, TikTok’ni bloklash hamda yangi sanksiyalarni joriy etishga oid hujjatlarni o‘z ichiga oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring