Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh savdo urushida Xitoyga jiddiy zarba berdi

AQSh savdo urushida Xitoyga jiddiy zarba berdi

AQSh savdo vazirligi Xitoyning 33 ta hukumat va tijorat tashkilotlarini qora ro‘yxatga kiritdi. Ro‘yxatdan bir qator institut, universitet va yuqori texnologiya kompaniyalari joy olgan.

Xususan, ushbu tashkilotlarning to‘qqiztasi Uyg‘uristonda inson huquqlari toptalishida ishtirok etgani uchun qora ro‘yxatga kiritilgan. Xitoy, Gonkong va Kayman orollarida joylashgan yana 24 ta kompaniya esa «AQSh milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga zid bo‘lgani» uchun ro‘yxatdan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, savdo urushi Xitoyda ishlab chiqarilgan bir qator mahsulotlarga AQSh tomonidan boj to‘lovlari joriy etilishi bilan boshlangan edi. Vaqt o‘tgani sari to‘lovlar ham oshib bordi. 2020 yilda vaziyat biroz yaxshilandi va Pekin AQShda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan ko‘proq sotib olish majburiyatini o‘z zimmasiga olgandi. Ammo hozircha tinchlik bitimi tuzishgacha ancha bor.

Xususan, mart oyida Donald Tramp Xitoyni koronavirus haqida yetarlicha ma’lumot bermaslikda ayblagandan so‘ng kelishmovchilik yana kuchaygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring