Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh NATOning 75-sammitiga Isroil va arab mamlakatlarini taklif qildi

AQSh NATOning 75-sammitiga Isroil va arab mamlakatlarini taklif qildi

AQSh arab mamlakatlari va Isroil tashqi ishlar vazirlarini NATOning 75-sammitiga taklif qildi, deya xabar berdi Financial Times gazetasi.

NATO tashkil etilganining 75 yilligiga bag‘ishlangan ushbu sammit 9–11-iyul kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tadi — taklif etilgan davlatlarning G‘azodagi vaziyat bo‘yicha qarashlari xilma-xilligi bois, ziddiyatni yanada kuchaytirishi mumkin.

«NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyansga kiruvchi 32 mamlakatning davlat va hukumat rahbarlarini, shuningdek, Hind-Tinch okeani mintaqasidagi hamkor mamlakatlar (Avstraliya, Yaponiya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya) birinchi shaxslarini taklif qildi. Yaqin Sharqdan taklif etilgan mamlakatlar orasida Isroil bilan birga Misr, Iordaniya, Qatar, Tunis, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayn bor», — deyiladi gazeta xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring