AQSh-Meksika chegarasida muhojirlar saqlanadigan markaz yonib ketdi. 37 kishi halok bo‘lgan
AQSh-Meksika chegarasidagi muhojirlarni saqlash markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada o‘nlab odamlar halok bo‘lgan, jarohatlanganlar ham bor.
Yong‘in dushanba kuni kechki payt Chixuaxua provinsiyasi Syudad-Xuares shahridagi Migratsiya milliy institutida, Meksikaning El-Paso shahrini Texas shtati bilan bog‘lovchi Stenton xalqaro ko‘prigidan bir necha metr uzoqlikda sodir bo‘lgan.
Rasmiy xabarlar bo‘lmasa-da, El Diario va El Heraldo kabi mahalliy nashrlar kamida 39 kishi halok bo‘lganini xabar qilishdi. Canal 44 esa 40 kishi noma’lum holatda tuman shifoxonalariga yetkazilganini aytgan.
CNN Chixuaxua provinsiyasi gubernatorligiga tayanib, halok bo‘lganlar sonini 37 nafar ekanini yozgan. Rasmiylar markazga 71 nafar muhojir tutib keltirilganidan so‘ng boshlanganini qo‘shimcha qilgan.
Mahalliy matbuotning yozishicha, yong‘in hojatxonada boshlangan va ataylab qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, oxirgi bir necha oy ichida, asosan, Venesueladan minglab muhojirlar Syudad-Xuaresga kirib kelishgan va ular shaharning turli qismlariga, jumladan, Migratsiya milliy institutiga joylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter