Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh matbuoti Rossiya razvedkasining «uddaburonligi» haqida yozdi

AQSh matbuoti Rossiya razvedkasining «uddaburonligi» haqida yozdi

Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan 2022 yil fevral oyidan buyon G‘arb mamlakatlaridan yuzlab rus diplomatlari josuslik aybi bilan badarg‘a qilindi. Ammo Rossiya maxsus xizmati uddaburonlik bilan tashqi razvedkadagi bo‘shliqlarni to‘ldirmoqda, deb yozdi The Wall Street Journal gazetasi.

AQSh nashriga ko‘ra, Rossiya josuslik idoralari avvalo Ukraina urushi ortidan mamlakatdan aholining ommaviy ravishda chiqishi ketishidan foydalangan. Ya’ni Yevropa, Kavkazorti va Markaziy Osiyo davlatlariga bosh olib chiqqan rossiyaliklar orasiga josuslar ham ustalik bilan kiritilgan.

Bundan tashqari, Rossiya maxsus xizmatlari keyingi vaqtlarda o‘z amaliyotlarida chet el fuqarolaridan faol foydalanmoqda. Masalan, 2023 yil aprel oyida rossiyalik taniqli arbob, Krasnoyarsk o‘lkasi sobiq gubernatori Aleksandr Ussning o‘g‘li Artyom Italiyadagi uy qamog‘idan serb jinoiy guruhlari ko‘magida qochirilgan. Sanksiya tartibini buzishda ayblanayotgan Artyom Uss AQShga topshirilishi kutilayotgan edi.

Joriy yil fevral oyida Ispaniyada rossiyalik harbiy uchuvchi Maksim Kuzminovning o‘ldirilishida ham Kremlning qo‘li borligi gumon qilinmoqda. Uchuvchi Rossiyaning Mi-8 vertolyotini Ukraina hududiga olib o‘tgani ortidan e’tiborga tushgan edi.

The Wall Street Journal gazetasining yozishicha, Rossiyaning uchta razvedka idorasi – Federal xavfsizlik xizmati, Razvedka bosh boshqarmasi va Tashqi razvedka xizmati orasidagi chegaralar tobora «yuvilib» ketmoqda.

Ukraina tajovuzi boshlanganidan buyon G‘arb davlatlaridan 400 ga yaqin rus diplomati chiqarib yuborildi.

So‘nggi vaqtlarda Yevropa davlatlarida Moskva foydasiga ayg‘oqchilik qilishda gumonlanib o‘nlab xorij fuqarolari qamoqqa olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring