Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Harbiy-havo kuchlarining eng halokatli qurollari: 1-o‘rinda «bombalarning onasi» (foto)

AQSh Harbiy-havo kuchlarining eng halokatli qurollari: 1-o‘rinda «bombalarning onasi» (foto)

Foto: «19FortyFive»

GBU-43/B MOAB

Amerikaning 19FortyFive nashri maqolada AQSh Harbiy-havo kuchlarining eng halokatli qurollarini ma’lum qildi.

Ro‘yxatdagi birinchi o‘rinni «barcha bombalarning onasi» — 2003-yili Afg‘onistonda ilk bor ishlatilgan, og‘irligi qariyb o‘n tonna keladigan GBU-43/B Massive Ordnance Air Blast (MOAB) egalladi. AQSh Harbiy-havo kuchlarida 15 dona GBU-43/B MOAB mavjud.

V-52 Stratofortress

Undan keyin V-52 Stratofortress strategik bombardimonchi samolyoti bormoqda: u birinchi marta 1952-yilda havoga ko‘tarilgan. Ushbu samolyotlardan jami 744 ta ishlab chiqarilgan.

«U yadroviy bombalardan tortib oddiy bombalar, qanotli va gipertovushli raketalargacha hamma narsani tashiy oladi. U asosan Joint Direct Attack Munition (JDAM) singari boshqariladigan bombalarni tashiydi», — deyiladi nashrda.

B-2 Spirit

Ro‘yxatdagi kuchli uchlikdan unchalik sezilmaydigan B-2 Spirit strategik bombardimonchi samolyoti joy oldi: u «tarixdagi eng uzoq jangovar missiya bo‘yicha rekordchi» hisoblanadi.

«U Qo‘shma Shtatlardan uchib, yonilg‘i quyib olishi, boshqa qit’alarga bomba tashlab, keyin esa uyga qaytishi mumkin», — deb yozadi 19FortyFive.

F-35 Lightning II

Beshinchi avlodga mansub F-35 Lightning II va F-22 Raptor qiruvchi samolyotlari reytingga yakun yasab bergan.

F-22 Raptor

Sentyabr oyida AQShning eng yirik Lockheed Martin harbiy-sanoat korporatsiyasi buyurtmachilarga 700 ta barcha turdagi F-35 Lightning II samolyoti yetkazib berilganligini e’lon qildi.

Lockheed Martin

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring