AQSh Eronni dahshatli teraktdan ogohlantirgani aytildi
![AQSh Eronni dahshatli teraktdan ogohlantirgani aytildi](https://static.xabaruz.com/crop/2/7/720_460_95_2725334589.jpg)
AQSh Eronni avvaldan yanvar oyi boshida Kirmonda sodir etilgan mudhish terakt haqida yashirincha ogohlantirgan. Bu haqda The Wall Street Journal AQSh rasmiylariga asoslanib xabar berdi.
Gazetaning manbalariga ko‘ra, Eronga yetkazilgan ma’lumotlar Tehron uchun foydali bo‘lishi mumkin edi. Shunga qaramay, Eron Kirmon shahridagi portlashlarning oldini ololmagan.
Eslatib o‘tamiz, 3 yanvar kuni kechqurun Eronda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi generali Qosim Sulaymoniy xotirasiga bag‘ishlangan motam marosimlari chog‘ida ikkita portlash sodir bo‘ldi. Natijada 103 kishi qurbon bo‘ldi.
Mazkur teraktdan so‘ng Eron Iroq, Suriya va Pokiston hududlariga zarba berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter