AQSh davlat kotibi Pxenyanga yetib keldi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bugun Pxenyanga yetib keldi. Bu haqda «Kiodo» agentligi ma’lumotlariga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Pompeo aeroportga yetib kelganidan so‘ng Kim Chen In bilan tushlik qildi.
Pompeo Shimoliy Koreya rahbari bilan Koreya yarimorolini yadroviy qurollardan xoli hududga aylantirish hamda ikki davlat – AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi munosabatlarni me’yoriga keltirish uchun muzokara o‘tkazadi.
AQSh davlat kotibi safar davomida Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi raisi muovini Kim Yon Chxol bilan ham uchrashadi.
Mayk Pompeo Pxenyanda shanba kuni ertalabgacha bo‘ladi.
Shundan so‘ng u Tokioga uchib ketadi. Yakshanba kuni Tokioda Yaponiya tashqi siyosat mahkamasi raisi Taro Kono hamda janubiy koreyalik hamkasbi bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter