AQSh «Abrams» tanklarining birinchi partiyasini Ukrainaga yetkazib berishni ma’qulladi
AQSh «Abrams» tanklarining birinchi partiyasini Kiyevga jo‘natishni ma’qulladi, deb xabar bermoqda CNN.
AQSh armiyasining xaridlar departamenti rahbari Dag Bushning so‘zlariga ko‘ra, tanklar Kiyevga o‘q-dorilar, ehtiyot qismlar, yoqilg‘i quyish va ta’mirlash uchun uskunalar bilan birga yetkaziladi.
Avvalroq, Vashington joriy yilning sentyabrida «Abrams» tanklarini Ukrainaga topshirishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Ta’kidlanishicha, Amerika rahbariyati avgust oyida tanklarning bir qismini modernizatsiya qilish uchun Germaniyaga jo‘natmoqchi. Nashrning yozishicha, shundan so‘ng tanklarning birinchi partiyasi Ukraina armiyasiga topshiriladi.
Politico nashri, AQSh tomonidan Ukrainaga topshiradigan birinchi partiyada jami 8 ta tank bo‘lishini yozgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Vashington Kiyevga 31 ta eski rusumdagi «M1A1 Abrams» tanklarini yetkazib bermoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter