Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anjelina Joli: G‘azo «ommaviy qabr»ga aylanib bormoqda

Anjelina Joli: G‘azo «ommaviy qabr»ga aylanib bormoqda

Hollivud aktrisasi Anjelina Jolining aytishicha, G‘azo «ommaviy qabr»ga aylanib bormoqda va dunyo yetakchilari «bolalar qotilligiga sherik».

«G‘azo deyarli yigirma yildan beri ochiq qamoqxona bo‘lib kelmoqda. Halok bo‘lganlarning 40 foizi begunoh bolalardir (...) Millionlab falastinliklar ­­­­— bolalar, ayollar, oilalar  xalqaro qonunlarga qaramasdan, oziq-ovqat, dori-darmon va insonparvarlik yordamidan mahrum bo‘lgan holda, jamoaviy jazo va insoniylikdan mahrum bo‘lishmoqda», deydi aktrisa.

G‘azoda uch haftadan buyon davom etayotgan mojarolar davomida 3500 ga yaqin bola halok bo‘ldi, 940 ga yaqini bedarak yo‘qoldi – ehtimol ular vayronalar ostida, dedi BMT Bolalar jamg‘armasi vakili Jeyms Elder.

G‘azo sektoridagi 1 milliondan ortiq bola o‘tkir suv inqirozini boshdan kechirmoqda, deya qo‘shimcha qildi u. G‘azoning suv ishlab chiqarish quvvati kunlik ishlab chiqarishning 5 foizini tashkil qiladi. Suvsizlanishdan bolalar o‘limi, ayniqsa chaqaloqlar o‘limi tobora ortib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring