Angela Merkel «Tinchlik chirog‘i» mukofotiga sazovor bo‘ldi
Germaniya kansleri Angela Merkel Italiyaning Assisi shahrida o‘tkazilgan «Fransiya tinchlik chirog‘i» mukofotiga loyiq ko‘rildi. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.
Merkel mukofotni ola turib 28 ta a’zosi bor Yevropa ittifoqi davlatlari yetakchilariga tinchlikni ta’minlash bugun har qachongidan ham dolzarb bo‘lib turganini eslatdi.
Katolik cherkovi tomonidan tinchlikka hissa qo‘shgan shaxslarga beriladigan mukofotga o‘tgan yili Kolumbiya prezidenti Duan Manuel Santos sazovor bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter