Amerikaliklarning katta qismi Trampning iqtisodiy siyosatini ma’qullaydi

AQSh prezidenti Donald Tramp lavozimiga kirishganidan buyon birinchi marta amerikaliklar tomonidan iqtisodiyot sohasidagi faoliyati yuqori baholandi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
AQShning iqtisodiyot yo‘nalishidagi yangiliklarni yorituvchi «CNBC» kanali o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra amerikaliklarning 54 foizi Trampning iqtisodiy siyosatini «yaxshi yoki juda zo‘r» deya baholaydilar. Bu oxirgi 10 yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Amerikaliklarning 43 foizi esa AQSh iqtisodini juda past deya hisoblaydi.
Donald Trampning umumiy ko‘rsatkichi 41 foizni tashkil qiladi. Bu amerikaliklarning 41 foizi uning faoliyatidan qoniqish hosil qilmoqda degani.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Trampning migratsiya siyosati borasidagi oxirgi qarorlari ko‘rsatkichlarga ta’sir qilmagan. Migratsiya muammosi Trampning eng nozik nuqtasi bo‘lib turibdi. 51 foiz amerikaliklar Trampning migratsion siyosatiga qarshi ekanligini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter