Amerikalik taniqli aktyor vafot etdi
![Amerikalik taniqli aktyor vafot etdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/6/720_460_95_3683199009.jpeg)
«Rokki», «Yirtqich» filmlari yulduzi, mashhur aktyor Karl Uezers vafot etdi.
Aktyor va sobiq professional amerikalik futbolchi Karl Uezers 76 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Deadline uning oilasi bayonotiga tayanib. Qayd etilishicha u «uyqusida tinchgina vafot etgan».
Uezers «Rokki» filmida Silvestr Stallone obraziga qarshi kurashgan Apollo Krid roli bilan mashhur. U, shuningdek, «Yirtqich» filmida Jorj rollarini ijro etgan.
Aktyor professional sportchi bo‘lgan. 1970-1971 yillarda u «Oklend Reyders» safida yarim himoyachi pozitsiyasida o‘ynagan. U professional futboldan ketganidan keyin aktyorlik faoliyatini boshlagan. Uezers bir nechta filmlarning rejissyori va prodyuseri sifatida ham ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter