Amazonkada ulkan anakondaning yangi turi topildi
Amazonning chekka hududlarida National Geographic tasvirga olish guruhi bilan birgalikda ishlagan olimlar jamoasi avval hech qayerda qayd qilinmagan ulkan anakonda turini topishdi.
MDPI Diversity jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, Eunectes murinus deb nom berilgan yashil anakonda ikki genetik jihati bilan ajralib turadi. Garchi, bu tur ko‘rinishidan boshqa nomdoshlariga shunchalik o‘xshashki, ularni hatto mutaxassislar ham ajrata olmaganlar.
Ilonning yangi turi National Geographic’ning Uill Smit bilan birgalikda «Qutbdan qutbga» filmini suratga olish jarayonida kashf etilgan. Tasvirga olish guruhi vaorani ovchi qabilasi boshlig‘idan kamdan-kam kishilarga nasib qiladigan taklif oldi. Bunga ko‘ra, olimlar mintaqani o‘rganish, shuningdek, mavjud ulkan ankondalar namunalari haqida ma’lumot to‘plash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mahalliy ovchilar qabilada muqaddas hisoblanuvchi bu ilonlarni qidirish uchun ekspedbsiya ishtirokchilariga yo‘lboshchilik qildilar. Ular daryo o‘zani bo‘ylab qayiqda harakatlanib borib, suvning sayoz joylarida o‘lja poylab turgan bir necha anakondani topishga muvaffaq bo‘ldilar. Ekspeditsiya 10 kun davom etgan.
Topilgan sudraluvchilarning o‘lchamlari hayratlanarli edi: bir urg‘ochisining uzunligi 6, 3 metrga teng keldi. Vaorani qabilasi vakillarining aytishicha, ular 7,5 metrdan uzunroq va og‘irligi 500 kilocha keladigan anakondani ham ko‘rishgan. Eng yirik anakondalar insonni o‘ldirish va hatto yeyishga layoqatli hisoblanadi. Ammo, bu xil holatlar faqat Osiyoda, to‘r ilonlari deb nomlanuvchi jonzotlar bilan yuzaga kelgani hujjatlashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter