Aleksey Navalniyga hukm o‘qildi
Moskvaning Simonovskiy sudi Aleksey Navalniyga nisbatan «Iv Roshe» ishi bo‘yicha chiqarilgan shartli jazo muddatini bekor qildi va unga 3,5 yilni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tash jazosini tayinladi.
Qayd etilishicha, sud Navalniyning «Iv Roshe» ishi bo‘yicha tergov davomida uy qamog‘ida o‘tkazgan bir yil muddatni chiqarib tashlagan. Endi Navalniy 2,5 yilni koloniyada o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniy Germaniyadan Rossiyaga qaytib kelishi bilan aeroportda hibsga olingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter