Alsgeymerga davo topildimi?
Xotiraning yo‘qolishiga sabab bo‘luvchi alsgeymer kasalligi tanadagi oqsillarning aynishiga olib kelishi aniqlandi. Bu haqda «Hurriyet» xabar tarqatgan.
Olimlarning aytishicha, 335 ming kishining geni ustida olib borilgan tadqiqot natijasida kelajakda qon tahlili orqali alsgeymer kasalligiga moyil kishilar 20 yil avval aniqlanishi mumkin ekan. Bu esa, alsgeymer kasalligiga davo topilishiga umid uchqunlarini uyg‘otmoqda.
Biotexnologiya va bioenergetika ustida tadqiqotlar olib borgan olimlar alsgeymer xastaligining alomatlarini ma’lum qilishdi.
«Islandiyada yashagan 335 ming kishi genini tadqiq qildik. Bir jamiyatda ba’zi kishilar alsgeymer kasalligiga moyil ekan. Tanadagi oqsillarning aynishi ushbu kasallikka chalinishga sabab bo‘lar ekan. Tana baquvvat payti, ya’ni yoshlikdan alsgeymer alomatlari sezilsa, darhol qonni tahlil qilib, uni davolash lozim», — degan «AMGEN» nevrologiya markazi boshlig‘i Jon Danlop.
Ayni paytda jahondagi 35 million kishi shu xastalikdan aziyat chekmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter