Aktyor Shon Konneri vafot etdi

Agent Jeyms Bond rolining birinchi ijrochisi bo‘lgan britaniyalik aktyor Shon Konneri vafot etdi. U 90 yoshda edi. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar berdi.
Shon Konneri Britaniya razvedkasi agenti Jeyms Bond rolining birinchi ijrochisi sifatida tanilgan.
Qariyb 50 yillik faoliyati davomida u o‘nlab filmlarda va teleseriallarda suratga tushgan. U «Oskar», «Oltin globus» va BAFTA (Britaniya kino va televizion san’at akademiyasining mukofoti) laureati edi. U aktyorlik faoliyatini 2003 yilda yakunlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter