Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Airbus» aviasozlik poygasida «Boeing»ni ortda qoldirdi

«Airbus» aviasozlik poygasida «Boeing»ni ortda qoldirdi

Foto: NPR

Yevropaning «Airbus» aviakonserni 2019-yilda jahon bozoriga 863 ta samolyot yetkazib berib, amerikalik raqibi «Boeing»dan yetakchilik maqomini tortib oldi. Bu haqda «Forbes» xabar berdi.

«Airbus» 2011-yildan beri ilk marta yetakchiga aylandi.

«Reuters»ning yozishicha, lider almashishi kundek oydin edi: «Boeing» kompaniyasi «737 MAX»lar taqiqlanganidan beri inqiroz ko‘chasiga kirib qolgan. 2019-yilning yanvar—noyabr oylarida 345 ta samolyot yetkazib berdi. Taqqoslash uchun: 2018-yilda «Boeing» 806 ta havo kemasini sotgandi.

«Airbus» qancha samolyot sotganini ochiqlagani bilan, moliyaviy ko‘rsatkichlarini oshkor qilmadi.

Ma’lumot uchun: 2018-yilda «Airbus»ning sof foydasi $3,4 mlrd., «Boeing»niki $10,46 mlrd.ni tashkil etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring