Afrikada prezident o‘z qo‘riqchilari tomonidan qo‘lga olindi
Nigerda prezident gvardiyasi xizmatchilari davlat rahbari Muhammad Bazumni hibsga oldi. Bu haqda AFP xabar bermoqda.
Mamlakat armiyasi isyonchilar bilan muzokaralar olib borishga urindi, biroq ular prezidentni qo‘yib yuborishdan bosh tortgan.
Davlat rahbarining ma’lum qilishicha, alohida qo‘riqchilar «Milliy Qurolli Kuchlar va Milliy gvardiya qo‘llab-quvvatlashiga behuda umid qilib, qo‘zg‘olon ko‘targanlar».
Armiya isyonchilarga hujum qilishga shay turgani ma’lum qilingan. Prezident devoni ham janob Bazum va uning oilasi yaxshi ahvolda ekanini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter