Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistondagi portlashda 5 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi portlashda 5 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot viloyatida sodir etilgan portlash natijasida 5 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi yaralandi.

Hirot kasalxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, portlovchi qurilma mahalliy aholi o‘rtasida mashhur bo‘lgan o‘yin vaqtida portlatilgan.

Jarohatlanganlardan ayrimlarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hujum qurbonlari soni ko‘p bo‘lgan.

Hozircha hech kim portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring