Afg‘onistondagi masjidda portlash sodir bo‘ldi. Imom ham qurbon bo‘ldi
Afg‘onistondagi masjidlardan birida portlash natijasida o‘ndan ortiq kishi qurbon bo‘ldi, yana o‘nlab insonlar jarohatlangan. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
«Qobul viloyatining Shakardar mintaqasida bugun tushdan keyin sodir bo‘lgan portlashda 12 kishi halok bo‘ldi, jumladan masjid imomi ham o‘ldirildi», – deyiladi TOLO kanalining Twitterdagi sahifasida.
Avvalroq, Tolibon Ramazon bayrami boshlanishi munosabati bilan uch kunlik sulh e’lon qilgan edi. Ular o‘zlarining jangarilariga hukumat nazorati ostidagi hududlarga bostirib kirishni taqiqlagandilar.
Afg‘oniston rahbari Ashraf G‘ani ham xavfsizlik kuchlariga shunday murojaat bilan chiqqandi.
O‘tgan oy oxirida Afg‘oniston sharqidagi Logar viloyatida bomba portlashi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgani, 60 ga yaqin kishi jarohatlangani haqida xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter