Afg‘onistonda yana tartibsizliklar avj ola boshladi

Afg‘onistonning turli hududlarida har xil guruhlarga bo‘lingan jangarilar tomonidan ichki nizolar yana avj ola boshlagan. Bugun Badaxshon viloyatidagi toliblar va noma’lum qurolli guruhlar o‘rtasidagi to‘qnashuvda 10 kishi halok bo‘lgan.
Halok bo‘lgan askarlarning 4 nafari toliblar bo‘lib, qarshi frontdan esa 6 kishi bevaqt ko‘z yumgan. Ammo hozircha har ikki tomon ham bu voqea haqida biror izoh bermagan. Mahalliy matbuot xabariga ko‘ra, toliblar va qarshi front o‘rtasidagi janglar Badaxshon va Registon hududlarida davom etyapti.
Shuningdek, Hirot shahridagi Eron konsulligi oldida ommaviy tartibsizlik bo‘lib o‘tgan. Namoyishchilar elchixona eshiklariga o‘t qo‘yishgan, tosh to‘la qoplarni otishgan. Qo‘riqchilar havoga o‘q uzib, ularni tarqatmoqchi bo‘lgan. Mitingchilar Hirot gubernatori kelgach, tinchlanishgani aytilgan.
Eslatib o‘tish kerak, avvalroq Badaxshon viloyatida noma’lum jangarilar Tolibon harakati komandirlaridan birini o‘ldirib ketishgan edi. To‘rt kun oldin Kobulda portlash kuzatilgan bo‘lsa, sobiq afg‘on askarlari toliblarga qarshi kuch to‘playotgani haqida ham xabarlar chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter