Afg‘onistonda vertolyot qulashi natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston markaziy qismidagi Vardak viloyatida afg‘on maxsus kuchlariga qarashli vertolyot qulab tushdi. Bortdagi to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi mamlakat mudofaa vazirligi.
«Afsuski, Mi-17 vertolyoti kecha Vardak viloyatining Bexsud tumanida qulab tushdi. Hodisa oqibatida xavfsizlik kuchlarining to‘qqiz xodimi halok bo‘ldi. Mudofaa vazirligi halokat sabablarini o‘rganmoqda», — deyiladi xabarda.
Bexsud tumanidagi mahalliy fuqaroning ma’lum qilishicha, vertolyot tunda Alipur qo‘mondoniga sodiq jangarilar tomonidan urib tushirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter