Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda «Tolibon» hujumi sabab 15 nafar politsiyachi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda «Tolibon» hujumi sabab 15 nafar politsiyachi halok bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Afg‘onistonda «Tolibon» jangarilarining hujumi oqibatida 15 nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

«Sinxua» agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar hujumlaridan biri bugun, 17 sentyabr kuni ertalab Afg‘oniston shimoliy-g‘arbidagi Badgis viloyatiga uyushtirilgan. Buning oqibatida 5 nafar politsiyachi halok bo‘lgan.

Qurolli to‘qnashuvda bir necha jangari yo‘q qilingan.

Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi Farah viloyatiga ham hujum qilingan, oqibatda 10 nafar politsiyachi halok bo‘lgan.

Yana ikki nafar politsiyachi g‘oyib bo‘lgan. Hujum chog‘ida jangarilar qurol-yaroqlarni ham qo‘lga kiritishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring