Afg‘onistonda «Tolibon» hujumiga uchragan vertolyot halokatga uchradi
![Afg‘onistonda «Tolibon» hujumiga uchragan vertolyot halokatga uchradi](https://static.xabaruz.com/crop/2/4/720_460_95_2441331404.jpg)
Afg‘oniston shimolida vertolyotning qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
Voqea Farah viloyatida sodir bo‘lgan. Viloyat hokimi Xoki Safed Muhammad Navro‘ziyning aytishicha, «Tolibon» jangarilarining hujumi sababli vertolyot tezkor qo‘nishga majbur bo‘lgan va avariyaga uchragan.
Vertolyot bortidagi barcha – to‘rt yo‘lovchi va uchuvchi halok bo‘lgan.
Viloyat hokimligi vakili Nosir Mahriyning aniqlik kiritishicha, vertolyot «Tolibon» hujumi oqibatida emas, texnik nosozlik tufayli halokatga uchragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter