Afg‘onistonda tabiiy ofatlar 84 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
Afg‘onistonda qish boshlanganidan beri tabiiy ofatlar oqibatida kamida 84 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi tezkor shtab boshlig‘i ma’lum qildi.
Kuchli qor yog‘ishi va zilzilalar oqibatida shuncha qurbon berildi, qolaversa, tabiiy ofatlarda 100 ga yaqin inson jabrlangan.
7-fevral kuni mamlakat sharqidagi Kunar viloyatining Dangam tumanida qor ko‘chkisi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgan edi.
Taxminan uch hafta oldin Badg‘is viloyatida yuz bergan zilzila oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohatlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter