Afg‘onistonda jurnalistlar sirli ravishda o‘ldirilmoqda

Afg‘onistonda «ARIANA» telekanalining boshlovchisi Fardin Aminiy sirli ravishda olamdan o‘tdi, deya xabar berdi «TOLO News» jurnalistning hamkasblari so‘zlariga tayanib.
«ARIANA News» boshlovchisi juma kuni sirli hujum natijasida o‘ldirildi, dedi jurnalistning hamkasblaridan biri», — deb yozadi «TOLO News».
Qobul politsiyasi Aminiyning o‘limini tasdiqladi, ammo IIV vakillari bayonotiga ko‘ra hodisa tafsilotlari hozircha aniq emas.
Bir kun oldin Afg‘onistonda «Enikass TV» yangiliklar telekanali boshlovchisi va jurnalist Malala Mayvand hayotdan ko‘z yumgandi. Ayol va haydovchisi Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar viloyatida sodir bo‘lgan qurolli hujum natijasida o‘ldirildi.
Xabarlarga ko‘ra, hujum qurollangan noma’lum kimsalar tomonidan amalga oshirilgan.
Jurnalistlar huquqlarini himoya qiluvchi Press Emblem Campaign (PEC) mustaqil tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon dunyoning 30 mamlakatida kamida 80 nafar ommaviy axborot vositasi xodimi o‘ldirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgiga qaragandan 10% ko‘pdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter