Afg‘onistonda 4 nafar saylov kuzatuvchisi o‘ldirib ketildi
Afg‘onistonda mamlakat quyi palatasiga o‘tkazilgan saylovlarda kuzatuvchi bo‘lib ishtirok etgan 4 kishini jangarilar o‘g‘irlab, o‘ldirib ketishdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, kuzatuvchilarni Balx viloyati Nahri Shohiy qishlog‘ida o‘g‘irlab ketishgan. Ularning jasadi Mozori Sharif provinsiyasi poytaxtida topilgan.
Hozirgacha biror terrorchi guruh bu hodisani o‘z zimmasiga olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter