Afg‘oniston va «Tolibon» o‘rtasidagi tinchlik muzokarasi qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi

Afg‘oniston hukumati bilan «Tolibon» o‘rtasida tinchlik muzokarasi shu yil 28-iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Avvalroq Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla «Tolibon» harakati bilan vaqtinchalik sulhdan so‘ng tinchlik muzokasi boshlab yuborilgani haqida aytgan edi.
«Shu yil 28-iyun kuni Boku shahrida Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro muvofiqlashtiruvchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilish doirasida Afg‘oniston rasmiylari bilan «Tolibon» harakati o‘rtasida tinchlik muzokarasi o‘tkaziladi. Tadbirda Afg‘onistondan vakil sifatida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Hikmat Xalil Karzay qatnashadi. «Tolibon»dan esa muzoka bo‘yicha vakillar ishtirok etadi», – deb xabar beradi «APA» agentligi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter