Afg‘oniston «Tolibon» bilan tinchlik sulhini uzaytirdi
Afg‘oniston hukumati «Tolibon» guruhi bilan tuzilgan o‘q otishni to‘xtatish to‘g‘risidagi shartnomani yana 10 kunga uzaytirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda. Ramazon oyida tuzilgan ushbu bitim 20-iyunda nihoyasiga yetishi kerak edi.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani muqaddas ramazon oyi nihoyasiga yetishi munosabati bilan «Tolibon» bilan vaqtinchalik, ya’ni 11 — 19-iyun kunlari tinchlik o‘rnatilganini e’lon qilgan edi. O‘z navbatida «Tolibon» ham 3 kunga tinchlik e’lon qilgan edi.
O‘tgan shanba kuni prezident «Tolibon» bilan o‘rnatilgan sulh uzaytirilishini ma’lum qildi. OAVlarning xabar berishicha, «Tolibon» yetakchisi ushbu sulhga «Tolibon»ning hech qanday aloqasi yo‘qligini va askarlar o‘z faoliyatini qayta boshlaganini e’lon qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter