Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘on sobiq qo‘mondonlari toliblarga qarshi birlashmoqchi

Afg‘on sobiq qo‘mondonlari toliblarga qarshi birlashmoqchi

Afg‘on armiyasining sobiq qo‘mondoni Sami Sadat sobiq xavfsizlik kuchlari, ayniqsa, afg‘on armiyasini qayta tiklash harakati borligini aytgan. Ayni paytda yuqori unvonli qo‘mondon va zobitlar, bir qator afg‘on siyosatchilari bilan muzokaralar olib borilyapti.

«Qurbon hayitidan so‘ng xavfsizlik kuchlarini birlashtirish bo‘yicha rejamiz bo‘ladi. Biz uchta yo‘nalish bo‘yicha amaliyotlarni boshlaymiz: harbiy, siyosiy va fuqaroviy», degan Sadat o‘z intervyusida.

Qo‘mondonning so‘zlariga ko‘ra, harbiy amaliyotga bu gal sudlanmagan va poraxo‘rlikka aloqasi bo‘lmagan odamlar saylov jarayoni orqali tanlab olinadi. Siyosiy yetakchilarning bir qarorga kelishlari uchun belgilangan eng oxirgi muddat Qurbon hayitidir.

Eslatib o‘tish kerak, 2021 yil toliblar Afg‘onistonni o‘z nazoratiga olishlaridan oldin Sami Sadat Hilmand viloyatida ularga qarshi urushda rahbarlik qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring