Abega o‘q uzgan shaxs ushlandi. U sobiq harbiy (foto)
Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abega o‘q uzgan fuqaroning shaxsi aniqlandi.
U Yaponiya mudofaa kuchlarining sobiq dengizchisi, 40 yoshli Tesuya Yamagami ekani ma’lum. Sobiq harbiy qora lenta bilan o‘ralgan qo‘lbola miltiqdan Abening orqa qismiga ikki marta o‘q uzgan.
Hujum qilgan shaxs voqea joyida xavfsizlik xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Yaponiyaning Nara prefekturasi favqulodda xizmatlari Sindzo Abening vafot etganini tasdiqlamadi.
Eslatib o‘tamiz, siyosatchi ko‘chada saylovchilar bilan uchrashgan vaqtda unga suiqasd uyushtirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter