9 dollar olish uchun 80 ga yaqin odam halok bo‘ldi
Yaman poytaxti Sano shahrida 2023 yilning 18 aprel kuni kechki payt tadbirkor tomonidan pul (zakot) tarqatish vaqtida tiqilinch yuz berdi, natijada odamlar halok bo‘ldi va jarohatlandi.
Qayd etilishicha, markaz yaqinidagi ko‘chada odamlar tadbirkordan 9 dollar olishga harakat qilishgan.
«Tiqilinch qurbonlari soni 80 kishiga yetdi, ular orasida bolalar ham bor, 120 kishi jarohat olgan», deyiladi xabarda.
Qurbonlar soni yana ortishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter