Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

80 yoshli Jo Bayden yana bir saylovda qatnashishini rasman e’lon qildi

80 yoshli Jo Bayden yana bir saylovda qatnashishini rasman e’lon qildi

AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden 2024 yil 5 noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda o‘z nomzodini ilgari suradi. Bu haqda u Twitter sahifasida ma’lum qildi.

«Har bir avlodning demokratiya uchun kurashishi kerak bo‘lgan lahzalari bor. Ishonamanki, bu bizning vaqtimiz. Shuning uchun men Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti lavozimiga qayta saylanish uchun nomzodimni qo‘yyapman», dedi u.

Associated Press-NORC so‘roviga ko‘ra,  ovoz beruvchilarning atigi 26 foizi Baydenni ikkinchi muddatga nomzodini ko‘rsatishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring