Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

8-aprelga o‘tar kechasi, soat 00:00 da — Uxan chegaralarni ochadi

8-aprelga o‘tar kechasi, soat 00:00 da — Uxan chegaralarni ochadi

Foto: «Delo.ua»

Butun dunyoga tarqagan koronavirus epidemiyasining «beshigi» — Xitoyning Uxan shahri, epidemiologik vaziyat yaxshilangani uchun, o‘z chegaralarini ochmoqda. Bu haqda VGTRKning Pekindagi muxbiri Aleksandr Balitskiy xabar berdi.

Uning aytishicha, Uxanda bo‘lib turgan va qaytayotganlarning barchasi ikki haftalik majburiy karantinda turishi shart. Shu shahar joylashgan Xubey provinsiyasida esa bir necha hafta avval karantin choralari ancha yumshatilgandi.

«Ushbu provinsiya odamlar kirib-chiqishi uchun ochilgandi, biroq koronavirus tarqalishi yo‘qolishini kutib, Uxanni ochishmagandi», — deydi Balitskiy.

Uning aytishicha, hozir epidemiya susaygan. Hatto Uxan aeroportini ochishga tayyorlanishyapti. Bugun tunda, 8-aprelga o‘tar kechasi soat 00:00da shaharning ochilishi katta bayram qilinadi.

«Barcha kirib keluvchilar sinchkovlik bilan tekshirilmoqda, kasallik alomati topilganlar shifoxonaga, kasali yo‘qlar esa maxsus karantin zonalariga jo‘natilyapti. Kasallik topilgan 32 kishining barchasi xitoyliklar, ular Osiyodagi qo‘shni davlatlar, Yevropa va AQShdan qaytganlar», — qo‘shimcha qilgan muxbir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring