74 yoshli erkak 35 yillik «araz» tufayli qaynog‘asiga o‘q uzdi
Tailand politsiyasi 74 yoshli Sompong Chumpong Phanni o‘z qaynog‘asini ov miltig‘ida otib qo‘ygani uchun hibsga oldi.
foto:120.su
O‘sha kuni keksa kishi panjara bo‘yayotgan edi va tasodifan qo‘shnisi – qaynog‘asi tomonga o‘tib ketdi. Sompongning qo‘shnilari – qarindoshlari undan panjaralarni bo‘yashni to‘xtatishni talab qilishdi. Og‘zaki aytishuv jiddiy janjalga aylandi va kutilmaganda otilgan o‘q janjalga barham berdi.
Sompong o‘z aybiga iqror bo‘ldi va qilgan ishi uchun javob berishga tayyorligini bildirdi. Ammo u qaynog‘asini bugungi janjal tufayli otganini inkor etdi. Uning aytishicha bu janjal 35 yildan beri qotilning sabr kosasidagi so‘ngi tomchi edi. Bundan 35 yil oldin qarindoshi, ya’ni xotinining akasi Sompongni uy qurishda yordam berish uchun yollagan, biroq unga hech qanday pul to‘lamagan. Sompong ko‘p yillar davomida to‘lanmagan ish haqi tufayli qalbida g‘azab bilan yashadi va oxir-oqibat bu nafrat fojia bilan yakunlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter