66 yoshli ayol 20 yil bir xil taom yedi
Britaniyalik nafaqadagi ayol 20 yildan beri bir xil taom iste’mol qiladi va buni xushbichim qomatining asosiy siri deb biladi. Bu haqda «Daily Mirror» nashri yozmoqda.
66 yoshli Jeyn Vinteringemning aytishicha, u an’anaviy ingliz taomi — sabzavotli kartoshkani bolaligidan xush ko‘rgan. Farzandlari ulg‘ayib, mustaqil yashay boshlagach, u har kuni shu taomni pishirishni boshlaydi.
Oxirgi 20 yil davomida Jeyn faqatgina bryussel karami va sabzi bilan qovurilgan kartoshkani iste’mol qilib kelgan. U o‘z an’anasini faqat bir marta buzgan: 2020 yilning 25 dekabrida qizi unga meksika taomlarini pishirib bergan.
Jeyn Vinteringem faqat bir xil taomni tanavvul qilsa-da, bu umuman uning ba’diga urmaganini va uni boshqa taomlarga almashmasligini aytadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter