Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

40 ming insonning o‘limida aybdor deb topilgan sobiq prezident vafot etdi

40 ming insonning o‘limida aybdor deb topilgan sobiq prezident vafot etdi

Foto: «REUTERS/Aliou Mbaye»

Senegal qamoqxonasida umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan Afrikaning Chad Respublikasi sobiq prezidenti Xissen Xabre 79 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda 24-avgust kuni Senegalning Seneweb yangiliklar portali xabar berdi.

Bundan tashqari, portal Xabrening rafiqasiga tayanib, sobiq prezidentga koronavirus tashxisi qo‘yilganini tasdiqladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xabre COVID-19 oqibatida olamdan o‘tgan.

Xabre 1982-yildan 1990-yilgacha Chadni boshqargan. O‘sha yili davlat to‘ntarishidan so‘ng afrikalik Pinochet laqabini olgan sobiq prezident ikki xotini va bolalari bilan Chaddan qochib, Dakarga joylashgan.

2016-yilda siyosatchi insoniyatga qarshi jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan va umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Xabre hukumatining jinoyatlarini tergov qilish bo‘yicha Chad komissiyasi 40 mingga yaqin odamni siyosiy maqsadda o‘ldirish va 200 ming chadlikni qiynoqqa solishda aybdor deb topgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring