Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

40 dan ortiq davlat Rossiyadan Zaporoje AESni Kiyevga qaytarishni so‘ramoqda

40 dan ortiq davlat Rossiyadan Zaporoje AESni Kiyevga qaytarishni so‘ramoqda

Qirqdan ortiq davlatlar Rossiyani Zaporoje atom elektr stansiyasi hududidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishga va uni Ukraina nazoratiga o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda yakshanba kuni Yevropa Ittifoqining BMTdagi tarqatgan bayonotida aytiladi.

«Rossiya qo‘shinlari va qurol-yarog‘larini atom elektr stansiya atrofida joylashtirishini qabul qilib bo‘lmaydi», – deyilgan hujjatda.

Hujjatni 42 ta davlat qo‘llab-quvvatlagan. Unga ko‘ra, Rossiya o‘zining harbiy harakatlari bilan Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning (MAGATE) barcha a’zolari rioya qilishi shart bo‘lgan xavfsizlik tamoyillarini buzmoqda.

Bayonotda aytilishicha, Rossiya Federatsiyasi atom elektr stansiyasi ustidan nazoratni Kiyevga berishi kerak, shundan keyingina agentlikning mutaxassislari stansiyani tekshirishlari mumkin. Hujjatni imzolagan davlatlar, shuningdek, MAGATE bosh direktori Rafael Grossining ob’yekt xavfsizligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

So‘nggi kunlarda Ukraina kuchlari Zaporoje atom elektr stansiyasi hududiga bir necha bor dron, og‘ir artilleriya va ko‘plab raketa otish moslamalari orqali hujum uyushtirdi. Yadroviy chiqindilarni saqlash joylariga snaryadlarning zarbalari qayd etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring