31-avgust Afg‘onistonda davlat bayrami deb e’lon qilindi
«Tolibon» harakati 31-avgustni Afg‘onistonda davlat bayrami deb e’lon qildi. Mamlakatdan AQSh qo‘shini chiqib ketganining bir yilligi nishonlanadi.
Bayram har yili o‘tkazib boriladi.
Afg‘onistonda siyosiy vaziyat, 2001-yildan buyon bu yerda turgan AQSh harbiylari chiqarilishi boshlanganidan so‘ng, 2021-yil mayidan tanglashishni boshlagan. «Tolibon» yirik shaharlarga hujum boshlab, 2021-yilning 15-avgustida poytaxt Kobul zabt etilganidan so‘ng urush tugaganini e’lon qilgan, so‘ngra hukumatni shakllantirgandi.
15-avgust ham mamlakatda davlat bayrami — shu kuni «Tolibon» Afg‘oniston hukumati tepasiga kelganini nishonlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter