Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

298 kishining o‘limiga aloqador harbiy Rossiya prezidentligi uchun kurashmoqchi

298 kishining o‘limiga aloqador harbiy Rossiya prezidentligi uchun kurashmoqchi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati sobiq ofitseri, ekstremizmda ayblanib hibsga olingan Igor Strelkov (Girkin) 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida nomzod sifatida qatnashmoqchi.

Qamoqxonadan maktub yo‘llagan mahbus o‘z tarafdorlarini imzo yig‘ishga hozirlanish va saylov kampaniyasini boshlashga da’vat qilgan.

«Bu ichki va tashqi tahdidlarga qarshi birlashuv uchun imkoniyatdir», – degan u.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan buyon I.Strelkov mamlakat rahbariyati, xususan, prezident Vladimir Putinni tanqid qilib kelmoqda. U joriy yil 21 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidiy postlari sabab ekstremizmda ayblanib hibsga olingan. Ayblanuvchi maqomi prezidentlik sayloviga o‘z nomzodini qo‘yishga to‘sqinlik qilmaydi.

Rossiyada prezidentlik saylovi 2024 yil 17 mart kuni o‘tishi rejalashtirilgan.

Igor Strelkov 2014 yildan Ukraina sharqidagi rossiyaparast ayirmachi kuchlarga boshchilik qilgan. Bir muddat tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi «mudofaa vaziri» lavozimida faoliyat yuritgan.

I.Strelkov «qo‘li qon» harbiy deb ta’riflanadi. Haaga sudi I.Strelkov va uning qo‘l ostidagi ikki xodimni 2014 yilda Malayziyaga qarashli «Boing»da (MH17 reysi) uchayotgan 298 yo‘lovchining o‘limida aybdor deb topgan va ularni sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring